#Mudir_ish_rejasi
⚽️ Mini futbol maydoni holati o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi Kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan “Katta hayot” mahallasidagi bolalar mini futbol maydoni holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida futbol maydonining umumiy holati, mavjud jihozlar va infratuzilmaning foydalanishga yaroqliligi, shuningdek, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
👦⚽️ Mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, ularni sportga keng jalb etish hamda futbol bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🛠 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish va mini futbol maydonini yanada obodonlashtirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
💚 Yoshlar sporti — e’tibor va g‘amxo‘rlik markazida!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube