Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Sh.Soliyev tasdiqlangan jadval asosida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, xususan, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, iqtisodiy masalalar hamda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga oid masalalar atroflicha eshitildi.
Muammolarni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.