35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“Yangikent” mahallasidagi maktab filialining holati o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_okrugida
#deputat_faoliyati

“Yangikent” mahallasidagi maktab filialining holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 8-“Yangi yo‘l” saylov okrugidan saylangan deputat A. Ergashev o‘z saylov okrugidagi “Yangikent” mahallasida joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabining filialida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining mas’ul xodimlari bilan birgalikda bo‘lib, ta’lim muassasasidagi mavjud holat bilan tanishdi.

O‘rganish davomida maktab binosining ichki va tashqi holati, sinf xonalari hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etish uchun mavjud imkoniyatlar va sharoitlar holati o‘rganildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida zarur sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2