35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

#deputat_soʻrovi_javobi #Deputatlik_nazorati

Deputat so‘roviga Uchtepa tumani hokimining o'rinbosari tomonidan tegishli ma'lumotlar taqdim etildi

📝 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Malikova Saodat Tolipovna tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Nurali Ismatov tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

📊 Deputatlik so'rovida ko'rsatilgan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan hududning mavjud holati o‘rganilganligi, o‘rganish natijasida mazkur obyekt bo‘yicha 2026-yil 1-iyunda “UZWIN-FUTURE” MCHJ bilan 253845-sonli elektron pudrat shartnomasi imzolangan bo‘lib, shartnoma doirasida tegishli qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilayotganligi ma'lim qilingan.

⚠️ Qurilish-taʼmirlash ishlari jarayonida loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan yuqori bosimli oqova suv va ichimlik suvi tarmoqlari mavjudligi, shuningdek, yer osti sizot suvlarining chiqishi aniqlangan. Mazkur holatlar qurilish-taʼmirlash ishlarini belgilangan muddatlarda amalga oshirishda muayyan texnik qiyinchiliklarni keltirib chiqargan. Hozirgi kunda aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda drenaj tizimi bilan bog‘liq qurilish-taʼmirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilayotganligi qayd etilgan.

📇 Shu bilan birga, piyodalar, jumladan, yaqin atrofdagi taʼlim muassasasi o‘quvchilari, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda fuqarolarning xavfsiz harakatlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilganligi alohida ko'rsatilgan.

✅ Mazkur hududda olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini 2026-yil 30-sentabrga qadar to‘liq yakunlash va ishlar yakunlangandan so‘ng, drenaj tizimi bo‘yicha qazilgan joylarni belgilangan tartibda yopish, asfalt qoplamasini tiklash, piyodalarning xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni taʼminlash hamda hududni obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilganligi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 6