Hudud obodonchiligi va aholi murojaatlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 2-Yangi O‘zbekiston saylov okrugi deputati O‘. Omonov tomonidan o‘zi saylangan Yangiobod MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida hududda yangidan barpo etilgan piyodalar yo‘lakchalari, tungi yoritish chiroqlari hamda ichki yo‘llarning holati bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, ularning hududdagi mavjud muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi.
📌 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
🤝 Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishidir.