35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

MAKTAB KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

MAKTAB KUTUBXONASIDAGI SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 17-Ayritom saylov okrugi deputati M. Shernayev tomonidan saylangan Ayritom MFY hududidagi 24-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktab o‘quvchilari uchun tashkil etilgan kutubxona faoliyati, undagi mavjud kitob fondi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Tashrifda Kengash kotibiyati mudiri A. Avliyakulov ham ishtirok etib, kutubxonadan o‘quvchilarning foydalanish darajasi, kitobxonlikni targ‘ib qilish borasidagi ishlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

📖 O‘quvchilarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, maktab kutubxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Kitobxon yosh — bilimli avlod, bilimli avlod esa yurt kelajagidir!

Slide 1 of 3