O‘rganish jarayonida aholiga elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatish, iste’molchilarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, elektr energiyasi iste’moli hamda to‘lovlar bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish ishlarini olib borish holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, iste’molchilarga qulay sharoit yaratish, xizmat ko‘rsatish jarayonida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash hamda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari o‘rganildi.
Mas’ullarga aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, murojaatlarni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, fuqarolarga elektr energiyasi ta’minoti masalalari yuzasidan zarur tushuntirish va amaliy ko‘mak berish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash va elektr ta’minoti sohasida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.