35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xunarmandchilikni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda “Hunarmand” uyushmasi Qo‘qon shahar bo‘limining shaharda hunarmandchilikni rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, bugungi kunda uyushmada ro‘yxatdan o‘tgan hunarmandlar soni 1000 nafardan oshgan bo‘lib, shundan 210 nafari onlayn hunarmandlar (124 nafari yangi hunarmandlar) hisoblanadi. Eng ko‘p yo‘nalishlar gul bosilgan gazlamalar (70 dan ortiq), milliy liboslar (30 ta) hamda yog‘och o‘ymakorligi (20 dan ortiq) sohalariga to‘g‘ri kelmoqda.

‍Hisobot davrida 58 ta hunarmand tomonidan “Usta-shogird” maktabi asosida 300 dan ortiq shogirdlar qabul qilinib, 200 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi (shundan 120 nafardan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etadi).

Shaharning Jome majmuasi, Isfara guzari MFY hamda Bozor hududidagi Zargarlar ustaxonalari va do‘konlari klasterlarida hunarmandlar o‘z faoliyatini samarali olib bormoqda.

Yig‘ilishda sohadagi muammolar ham atrofllicha muhokama qilindi. Xususan, o‘tgan davr mobaynida hunarmandlar uchun subsidiya mablag‘lari ajratilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

Komissiya tomonidan shaharda faoliyat olib borayotgan norasmiy hunarmandlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ularga imtiyozlardan foydalanish imkoniyatini yaratish hamda 2027-yilda o‘tkaziladigan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4