Unda Yashnobod tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini hal etish, shuningdek, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar atroflicha o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mas’ul tashkilotlarning amalga oshirayotgan ishlari va mavjud holat tahlil qilindi;
🔹 xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi;
🔹 mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
📌 O‘rganish natijalari navbatdagi Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritilib, tegishli qaror qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.