35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

SAYLOVCHILAR BILAN YUZMA-YUZ MULOQOT

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Alisher Sharipov tomonidan Qalqon va Olmos mahallalarida saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

🤝 Muloqotlar davomida aholi bilan yuzma-yuz suhbatlashilib, ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar, shuningdek, taklif va murojaatlari o‘rganildi.

🔎 Ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda qayd etilib, ularning yechimini topish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

✅Saylovchilar bilan doimiy muloqot — aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashning muhim omilidir.

Slide 1 of 1