35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🗣 Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🗣 Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi raisi R.Djumanova hamda Kengash kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan “Yangilik” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuvda 41 nafar saylovchilar ishtirok etib, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

📌 Ochiq muloqot davomida aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy yordam ko‘rsatish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

🔹 Fuqarolar tomonidan kommunal soha, elektr energiyasidagi kuchlanishning pastligi, kadastr masalalari hamda maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi.

📝 Bildirilgan har bir murojaat va taklif mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, tegishli tartibda nazoratga olindi. Murojaatlarning 6 tasi uchrashuvning o‘zida joyida hal etildi.

📍 Qolgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3