35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Tadbirkorlik rivoji — aholi farovonligi omili!

Bugungi kunda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining doimiy daromad manbalarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish hududiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosini rivojlantirish aholiga qulaylik yaratish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga ham xizmat qilmoqda.

Shu nuqtayi nazardan, Termiz shahrida tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini aniqlash va amaliy yechimlar yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar  25-“Kokildorota” saylov okrugi deputati M.Sidiqovaga biriktirilgan “Namuna” mahallasida bo‘lib, hududda faoliyat yuritayotgan go‘sht do‘koni faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Slide 1 of 2