35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏫 Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati Otabek Tursunov tomonidan 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida joyiga chiqib o‘rganildi.

📌 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, bino va kommunikatsiya tarmoqlari holati ko‘zdan kechirilib, mavsumga tayyorgarlik bo‘yicha ayrim muammolar aniqlandi.
📝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosariga deputat so‘rovi yuborildi.

✅ So‘rovda maktabni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda zarur yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘raldi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 6