35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📍 SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati Nuriddinov Iskandar Fayzullayevich “Poshxurt” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuv davomida:
🔹 mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati;
🔹 so‘nggi yillarda qabul qilingan farmon va qarorlarning hududlarda ijro etilishi;
🔹 aholi farovonligini oshirishga qaratilgan yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

🗣 Shuningdek, fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

📌 Ko‘tarilgan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, fuqarolarning murojaatlarini ijobiy yakunlash yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

🇺🇿 Deputat va saylovchilar o‘rtasidagi bunday ochiq va samimiy muloqot aholini o‘ylantirayotgan masalalarni o‘rganish hamda ularning yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3