35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun — aholi salomatligi va farovonligining muhim kafolati

 “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun — aholi salomatligi va farovonligining muhim kafolati

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.N.Tursunqulovning O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 3-fevraldagi O‘RQ-1023-son “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni yuzasidan maqolasi.

✅ Mazkur Qonunning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonun aholining sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘liq va uzluksiz ta’minlanishiga qaratilgan.

✅ Qonunda oziq-ovqat xavfsizligi, xavfsiz ovqatlanish, oziq-ovqat balansi, davlat zaxirasi kabi muhim tushunchalarga huquqiy ta’riflar berilgan. Xususan, oziq-ovqat xavfsizligi aholining ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan sog‘lom va faol hayot kechirishi uchun to‘liq hamda uzluksiz ta’minlanishini anglatadi.

✅ Qonunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning asosiy prinsiplari ham belgilangan. Jumladan, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligi haqidagi axborotning ochiqligi va shaffofligi, oziq-ovqat mahsulotlaridan oqilona foydalanish hamda aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashda kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik muhim prinsiplar sifatida qayd etilgan.

✅ Shuningdek, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qatorida oziq-ovqat mahsulotlari va xomashyosining zarur zaxiralarini shakllantirish, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda va uzluksiz ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish, mahsulotlarning sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya va fitosanitariya talablariga muvofiq ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish belgilangan.

✅ Mazkur Qonunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda davlat organlarining vakolatlari bilan bir qatorda, iste’molchilar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquq va majburiyatlari ham belgilab berilgan. Bu esa oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdan tortib, ularni saqlash, tashish va iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarda xavfsizlik talablariga rioya etishning huquqiy asosini mustahkamlaydi.

✍✍✍ Oziq-ovqat xavfsizligi — bu nafaqat yetarli miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, balki ularning sifati, xavfsizligi, aholiga barqaror va uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan muhim masaladir.

✅ Qonun 2025-yil 6-avgustdan kuchga kirgan.

Slide 1 of 1