35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Kengash_faoliyati

“Gender tenglik faoli” milliy tanlovi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi, Komissiya raisi Kozixonova Orzigul Muydinovna boshchiligida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tanlov komissiyalari a’zolari hamda hududiy tashkilotchilar uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarida Zoom platformasi orqali Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, tuman Kengashi deputati Pardayev Azamat Almardanovich boshchiligida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari ishtirok etdilar.

Seminar davomida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini hududlarda samarali tashkil etish va o‘tkazish, tanlov komissiyalari hamda hududiy tashkilotchilarning vazifalari yuzasidan zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Gender tenglik — teng imkoniyat va adolatli jamiyatning muhim mezonidir!

Slide 1 of 1