35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📍 Qushchi mahallasida narx-navo va mahsulotlar ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov Qushchi mahallasidagi savdo do‘konlarida bo‘lib, aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlarining narx-navosi hamda ularning yetarlilik darajasi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida savdo shoxobchalaridagi mahsulotlar assortimenti, narxlarning barqarorligi va aholiga yaratilgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan aholining manfaatlarini ta’minlash, iste’mol bozorida barqarorlikni saqlash hamda narx-navolar ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Xalq manfaati yo‘lida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4