Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘qulov tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi Nurli Pangat mahallasida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabrdagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan ham o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida maktab binosi va sinf xonalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi sanitariya-obodonlashtirish ishlari, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud kamchiliklar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.