35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari Sh.Karimov va K.Mamanova tomonidan Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv va suhbat o‘tkazildi.

Muloqot davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, xususan, ichki yo‘llarning holati, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalar hamda hududdagi boshqa muammolar o‘rganildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Aniqlangan muammolarni hal etish jarayoni deputatlar tomonidan nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 3