35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Gulnoraxon Ismoilova Andijon shahridagi 47-umumta’lim maktabida bo‘ldilar.

Tashrif davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish va jihozlash ishlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati bilan suhbatlashilib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlar tomonidan tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash va aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3