35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Aholi murojaatlari va takliflari o‘rganilmoqda

Aholi murojaatlari va takliflari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 19-“Qoraxon” saylov okrugi deputati G. Baxramova saylangan hududdagi mavjud muammolar va aholi takliflarini o‘rganish maqsadida Tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov tomonidan ko‘chalarda aholi bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazildi.

O‘rganish davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari va hudud infratuzilmasiga oid masalalari tinglandi.

Xususan, Shodlik ko‘chasi fuqarolari bilan suhbat davomida hududda aholiga ichimlik suvi tarmog‘i tortib berilgani, yangi beton elektr ustunlari o‘rnatilib, elektr simlari yangilangani ta’kidlandi. Fuqarolarning fikricha, amalga oshirilgan ushbu ishlar hudud aholisi uchun muayyan qulayliklar yaratgan.

Ayni vaqtda hududdagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Fuqarolar tomonidan ushbu masalani ijobiy hal etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Aniqlangan muammo va fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar fuqarolar murojaatlari daftariga qayd etib olindi hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Aholi bilan bevosita muloqot — muammolarni aniqlash va ularga amaliy yechim topishning muhim omilidir.

Slide 1 of 3