35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Sh.Maxmudov “Taxtapul” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 20-sonli umumtaʻlim maktabida 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda hududda oʻz yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan axborot berdi.
Uchrashuv davomida deputat 2026-yilning ikkinchi choragida Xalq deputatlari tuman Kengashining 5 ta sessiyasi hamda 4 ta doimiy komissiya yigʻilishida faol ishtirok etgani, ularda hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoya va mahallalar infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan masalalar yuzasidan oʻz taklif va mulohazalarini bildirgani, shuningdek saylov okrugidagi mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 ga yaqin manzarali hamda 100 dan ortiq mevali daraxt koʻchatlari ekilgani qayd etildi.
Aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash maqsadida deputat tomonidan chorak davomida 4 marotaba sayyor qabul, 3 ta uchrashuv hamda 2 ta ochiq muloqot tashkil etilib, ularda 50 nafardan ortiq fuqaro bilan bevosita muloqot qilindi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 20 tasi ijobiy hal etilib, 10 tasi yuzasidan tegishli huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi, shuningdek 10 nafar band boʻlmagan fuqaroning bandligini taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻrildi.
Shuningdek, hududdagi suv taʼminoti, obodonlashtirish hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyatiga oid muammolarni bartaraf etish maqsadida 1 ta deputatlik soʻrovi tuman darajasidagi tegishli tashkilotlarga yuborilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
Deputat Sh.Maxmudov tomonidan mahallalarda ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan ishlar ham alohida qayd etib, 40 nafardan ortiq ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro bilan manzilli ishlar olib borib, 40 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash doirasida chorak davomida okrug hududida 3 ta koʻp qavatli uylarning 6 ta yoʻlaklari joriy taʼmirlangani, 1,1 kv.m. hajmda yoʻllar taʼmirlangani, 2 ta mahalla fuqarolar yigʻiilarida irrigatsiya tarmoqlari chiqindilardan toʻliq tozalangani haqida axborot berib oʻtdi.
Deputat tomonidan joriy yilning uchinchi choragida ijtimoiy himoya, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi turmush tarzini yaxshilash boʻyicha kommunal soha infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha manzilli dasturlarniing oʻz vaqtida ijro etilishiga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi.  
Yigʻilish yakunida saylovchilarning taklif va murojaatlari eʼtiborga olinib, ularni amalga oshirish borasida masʼul tuzilmalar bilan hamkorlikda aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3