35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

HAFTALIK DAYJEST:

Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:

📍 Sherobod tumani Boybuloq mahallasi Bobotepa qishlog'ida PQ-141-sonli qaror asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi 🇺🇿

Sherobod tumani Boybuloq mahallasi Bobotepa qishlog'ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyoti banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-sonli qarori asosida belgilangan amaliy ishlar boshlangan bo‘lib, bugungi kunda ularni amalga oshirish jarayoni davom etmoqda.

🤝 Mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L. Hakimova hamda deputat Q. Rahamov, shuningdek, tumandagi tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirokida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

⚖️ QONUN USTUVORLIGI VA HUQUQIY HAMKORLIK

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i R. Berdiyev hamda “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bosh mutaxassisi S. Ochilov ishtirokida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, qonunlar targ‘ibotini kuchaytirish hamda huquqiy hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 DEPUTAT VA MAHALLA YETTILIGI HAMKORLIGI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 6-Navbur–Dehqonariq saylov okrugi deputati Mamadiyor Madarkulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shuhrat Xo‘janazarov tomonidan Dehqonariq MFY mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

📌 Uchrashuv Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, unda deputat va mahalla yettiligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, mavjud muammoli masalalar hamda aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha birgalikda ish olib borish masalalari muhokama qilindi.

📋 “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSINI O‘RGANISH BO‘YICHA SAVOLNOMA ISHLAB CHIQILDI

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini o‘rganish bo‘yicha savolnoma ishlab chiqildi.

📌 KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR MUHOKAMA QILINDI

📅 2026-yil 17-avgust kuni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi.

🌉 DEPUTAT TASHABBUSI — MUAMMO AMALIY YECHIM TOPDI!

🏘 Sherobod tumanining “G‘ambur” va “Do‘stlik” mahallalari chegarasidagi O. Ziyokulov ko‘chasidan kesib o‘tuvchi suv yo‘lidagi quvur ta’mirtalab holatga kelib, aholi va transport vositalarining harakatlanishida noqulayliklar yuzaga keltirayotgan edi.

📍 Mazkur muammo 17-G‘ambur saylov okrugi deputati To‘rayeva Sahovat G‘aniyevna tomonidan o‘rganilib, uni bartaraf etish yuzasidan tegishli amaliy choralar ko‘rildi.

🟢 Deputat saylov okrugida uyma-uy o‘rganish olib bordi

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov, 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q. Raxamov hamda Chag‘atoy mahallasi ijtimoiy xodimi bilan birgalikda mahallada uyma-uy yurib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 1