"Adolat" SDPdan saylangan xalq deputatlari Shayxontoxur tuman Kengashi 2-Xadra saylov okrugi deputati B.Boborajabov tomonidan "Xadra" mahalla fuqarolar yig'inida "Dolzarb 40-kunlik" dasturi doirasida obodonlashtirish hamda ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida mahalla hududini yanada obod va ko‘rkam qilish, bolalar maydonchasini ta'mirlash hamda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.
Bunda mahalladagi 7-8 ko'p qavatli uylarda o'rganish olib borib, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, yo'laklarni tartibga keltirish yuzasidan aniqlangan kamchiliklar faollar hamda fuqarolar bilan hamkorlikda xashar yo'li bilan bartaraf etildi.
Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi fuqarolarning ekologik mas’uliyatini oshirish va hududlar qiyofasini yanada chiroyli qilishga xizmat qiladi.