Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Usmanov Nigmatulla Rixsiboyevich o‘z saylov okrugida aholi murojaatlari va mavjud muammolarni o‘rganish jarayonida elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratmoqda.
📍Deputat tashabbusi bilan hududdagi elektr ta’minoti tizimida zarur ta’mirlash va texnik yangilash ishlari amalga oshirilib, eskirgan elektr jihozlari almashtirildi hamda tarmoqning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
🤝Mazkur ishlar aholiga yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish, elektr ta’minotidagi noqulayliklarning oldini olish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan.
Deputatlik nazorati va amaliy tashabbuslar — aholi manfaatlari yo‘lida.
Bizni kuzatishda davom eting!