35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Andijon shahar 3-maktabda amaliy o‘rganish

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Andijon shahar 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Shundan so‘ng maktabning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishilib, hududni yanada ozoda va ko‘rkam holga keltirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

“Dolzarb 90 kunlik” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqilib, belgilangan vazifalarni sifatli tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3