35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Shifokor MFYda yoshlar masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Shifokor MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi bilan uchrashib, suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida hududdagi yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlash jarayonidagi mavjud masalalar muhokama qilinib, faoliyatni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.