35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Shifokor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Shifokor MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishib chiqildi. Xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolarning daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud masalalar yuzasidan fikr almashilib, hokim yordamchisi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1