35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

NURONIYLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputatlari O.Sharipov hamda M.Saidova shahar “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar tomonidan mavjud imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, nuroniylarning hayotiy tajribasi va faolligidan jamiyat taraqqiyoti yo‘lida samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, aniqlangan masalalarni bartaraf etish, faoliyatni yanada takomillashtirish va nuroniylar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

G‘ozg‘on shahar Kengashi deputatlari tomonidan ijtimoiy sohadagi tashkilotlar faoliyatini o‘rganish va mavjud masalalarni joyida ko‘rib chiqish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Nuroniylarni e’zozlash — xalqimizning ezgu qadriyati!

Slide 1 of 2