35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#qaror ijrosi #nazorat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktyabrdagi 654-sonli qaroriga muvofiq, Olmaliq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar amalda oʻz aksini topmoqda.

Xususan, shaharning “Koinot” mahallasi hududida joylashgan 3-sonli oilaviy poliklinika binosida olib borilayotgan mukammal rekonstruksiya ishlari manzilli va atroflicha oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida:
Sevar Qodirova — Shahar hokimligi Kotibiyat mudiri;
Muhriddin Begmatov — Hudud deputati Sayfiddin Subanovning vakili sifatida iishtirok etdilar.

🔺O'rganish jarayonida obyektda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash jarayonlarining amaldagi holati, ajratilgan moliyaviy mablagʻlarning maqsadli hamda samarali sarflanayotgani va ishlar sifati koʻzdan kechirildi.
🔺Pudrat va quruvchi tashkilot vakillari bilan oʻtkazilgan yuzma-yuz muloqotda asosiy eʼtibor quyidagi jihatlarga qaratildi:
Rekonstruksiya ishlarini tasdiqlangan reja-jadval boʻyicha oʻz vaqtida yakunlash;
🔺Sifat talablariga toʻliq rioya etish va tibbiyot muassasasini zamonaviy talablarga mos holatda foydalanishga topshirish.
Aholi salomatligini muhofaza qilish, ularga munosib va zamonaviy sharoitlarda tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlash – ustuvor vazifamizdir.

Slide 1 of 6