35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Yosh avlod uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Yosh avlod uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mudiri, 8-“Tajribakor” saylov okrugi deputati A. Avliyakulov tomonidan o‘zi saylangan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida bog‘chada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, bolalarning mazmunli vaqt o‘tkazishi, sog‘lom va har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning xavfsizligi, ta’lim-tarbiyasi hamda sog‘lom rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur o‘rganishlarda O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida bolalarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 23-noyabrda qabul qilingan, Senat tomonidan esa 2007-yil 1-dekabrda ma’qullangan.

O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish hamda yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Yosh avlodga e’tibor — kelajakka e’tibor!

Slide 1 of 3