Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Ibagimov va tuman Hokimining bosh yuriskonsulti J.Mambetmuratovlar tomonidan Kengashga davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot va ma’lumotlarni doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqish, sessiyaga kiritish va doimiy komissiya tartibiga oid namunaviy qarorlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur jarayonda Bo‘zatov tumani hokimligi bosh yuriskonsulti bilan atroflicha fikr almashilib, hujjatlarni ko‘rib chiqishning amaliy jihatlari va tartiblari muhokama qilindi.
Ushbu tushuntirishlar doimiy komissiyalar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, qarorlar qabul qilishda asosli yondashuvni ta’minlash hamda Kengash ishining ochiqligi va shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.