35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Axborotlashtirish – raqamli taraqqiyotning huquqiy asosi

Axborotlashtirish – raqamli taraqqiyotning huquqiy asosi

Oʻzbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuni mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, axborot resurslari va tizimlaridan samarali foydalanish hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Mazkur qonun davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolar uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishning huquqiy mexanizmlarini yaratishga, elektron xizmatlarni rivojlantirishga hamda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishiga xizmat qiladi.

Qonunning asosiy maqsadi:

axborot resurslari va axborot tizimlarini rivojlantirish;
elektron davlat xizmatlarini kengaytirish;
axborot xavfsizligini ta’minlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish.

Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, axborotdan samarali foydalanish va axborot xavfsizligini ta’minlash – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.