Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Oydin yo‘l” MFY hududida hokim yordamchisi A.Raxipov tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan bog‘liq masalalarni o‘rgandi.
📑 O‘rganish davomida Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№O‘RQ-598, Qabul qilingan sana 25.12.2019) doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
📍 Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning amaliy holatini bevosita joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqish, amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini o‘rganish va mavjud masalalarni aniqlash bo‘yicha kelishib olindi.