35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

KO‘P QAVATLI UYLARDAGI LIFTLAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan hududdagi ko‘p qavatli uylarda aholiga xizmat ko‘rsatayotgan liftlarning texnik va sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida liftlarning texnik sozligi, xavfsizlik talablari asosida foydalanilishi, muntazam texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi, shuningdek, aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning liftlar bilan bog‘liq murojaatlari va takliflari tinglanib, mavjud muammolar o‘rganildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, liftlarning xavfsiz va uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3