35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📌 QONUN IJROSI — E’TIBOR MARKAZIDA!

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi Kotibiyati xodimlari Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi rahbari Salima Matnazarova ishtirokida “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini o‘rgandi.

O‘rganish davomida davlat hisobidan yuridik yordam olish tartibi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda mazkur qonunning ahamiyati hamda belgilangan talablarning amaliyotdagi ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

⚖️ Qonun ustuvorligi — fuqarolar huquqlarining ishonchli kafolati!