#Kunlik_ish_reja #kotibiyat_mudiri_faoliyati
#nazorat_tahlil
“Gulobod” mahallasida elektr ta’minoti masalasi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 1-Gulobod saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Allamurotovning saylov okrugi hududidagi “Gulobod” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tomonidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishidan 14-yo‘nalish — elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan “Mehnatobod” ko‘chasida mahalla va ko‘cha faollari ishtirokida holat o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida ko‘chada elektr simyog‘ochlarini o‘rnatish bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlandi hamda mazkur masalani hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va zarur bo'lganda deputat so'rovi yuborish zarurligi belgilandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram