35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

🏛 XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL’A TUMAN KENGASHI

🔹 17.08.2026-yil (Dushanba)
📌 Tadbir: Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Seydabdullayeva mahallada Yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini va yoshlar bandligi holatini oʻrganadi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis P.Raxmonov

🔹 18.08.2026-yil (Seshanba)
📌 Tadbir: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P.Raxmonov dasturlar doirasida “Hazorasp COKS biznes” MCHJ binosiga tumandagi “SPACE-S” MCHJda ishlab chiqarilgan sanoat lifti oʻrnatilib, ishga tushirilganligini oʻrganadi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis A.Komilov

🔹 19.08.2026-yil (Chorshanba)
📌 Tadbir: Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi huzuridagi “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya” yigʻilishi boʻlib oʻtadi. Yigʻilishda Agroinspeksiyaning tuman boʻlimi 2026-yil I yarim yillik ish yakunlari muhokama qilinadi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis P.Raxmonov

🔹 20.08.2026-yil (Payshanba)
📌 Tadbir: “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari “Payshanba — Yoshlar kuni” loyihasi doirasida belgilangan tadbirlarni oʻtkazishadi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis A.Komilov

🔹 21.08.2026-yil (Juma)
📌 Tadbir: Deputatlar faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha deputat M.Yarashov oʻzi saylangan mahallada oʻrganish oʻtkazadi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis P.Raxmonov

🔹 22.08.2026-yil (Shanba)
📌 Tadbir: Deputatlar tomonidan hududlarda koʻchama-koʻcha oʻrganishlar oʻtkaziladi.
👤 Mas’ul: Bosh mutaxassis A.Komilov