35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📚 YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI

🏫 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-Boyqishloq saylov okrugi deputati, Kotibiyat mudiri O. Tursunov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan 65-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.

🔎 Tashrif davomida maktabdagi sinf xonalari, kutubxona hamda boshqa o‘quv maskanlarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
📖 Sinf xonalarida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish imkoniyatlari hamda kutubxonadagi mavjud adabiyotlar bilan tanishildi.

✨ Shuningdek, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

🤝 Yangi o‘quv yili — yangi marralar va yangi imkoniyatlar sari!

📚🏫✨ Ta’limga e’tibor — kelajakka e’tibor!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5