Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat N. Eliboyev tomonidan Oshiq Ota mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahalla ichki yo‘llarining mavjud holati, aholi uchun qulayligi hamda aniqlangan muammolarga e’tibor qaratildi.
🎯 Maqsad — mahalla ichki yo‘llarining holatini yaxshilash va aholi uchun qulay transport sharoitlarini ta’minlash.