Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 12-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat G.Xoliqulova tomonidan Mirzo Ulug‘bek mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda liftlarning ishlash holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida 2022-yilda qurilgan ko‘p qavatli uylar jami 11 ta kirish yo‘lagidan iborat bo‘lib, ularning birortasidagi lift faoliyat yuritmayotgani aniqlandi.
⚠️ Mazkur holat aholiga, ayniqsa, keksa yoshdagi fuqarolar va bolalarga noqulaylik tug‘dirayotgani qayd etildi.
🎯 Maqsad — liftlarning ishlashini ta’minlash, aniqlangan muammoni mas’ullar oldiga qo‘yish va uning yechimi ustidan deputatlik nazoratini olib borish.