📑 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilindi.
📋 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son “IJRO.GOV.UZ” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori ijrosi yuzasidan Sherobod tumani hokimligida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi holati to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
🎤 Mazkur masala yuzasidan Sherobod tumani hokimligi ijro apparati rahbari R. Jo‘rayevning hisoboti tinglandi.
✅ Muhokamalar yakunida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlash, ijro intizomini yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.