35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Markaziy tug‘ruqxona kompleksida doimiy komissiya o‘rganuvi yakunlandi

  Uchko‘prik tumani Markaziy tug‘ruqxona kompleksi rahbarining 2025-yil yakunlari va 2026-yil ikkinchi choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti doimiy komissiya a’zolari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish yakunlari doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. 

Tayyorlangan savolnoma asosida tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-sentabrda PQ-296 son Qarorining ijrosi o‘rganildi: 

2025-yil va 2026-yil ikkinchi choragi mobaynida bolalar va onalar o‘limi qayd etilishi holati; 

2025-yil va 2026-yil ikkinchi choragi qayd etilgan erta tug‘ruq xolatlari; 

tug‘ruqxona kompleksida qayd etilgan sog‘lom bolalar soni; 

nogironlik bilan tug‘ilgan bolalar soni; 

irsiy kasalliklar bilan tug‘ilgan bolalar soni; 

tug‘riqxona kompleksidagi favqulotda vaziyatlarda
dori - darmon zaxira omborining holati;
 

tibbiy asbob - uskunalarning yetishmasligi, olib kelish uchun so‘rovnoma yuborilganligi va olib kelingan asbob-uskunalar holati; 

tug‘ruqxona kompleksidagi mavjud dori-darmonlarni ishlatilganligi bilan solishtirish; 

2025-yil va 2026-yil ikkinchi choragi davomida sarf qilingan dori darmonlar to‘g‘risida; 

narkotik dorilarnining sarf etilganlik holati. 

Doimiy komissiya yig‘ilishi kun tartibidagi masalani xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashining sessiyasi kun tartibiga kiritilishi tavsiya etildi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1