35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📍 Oqtosh mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari deputatlik nazoratida

📍 Oqtosh mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Zikryayev tomonidan Oqtosh mahallasida hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Nazorat davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, doimiy daromad manbaini yaratish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kreditlar ajratish ishlarining holati atroflicha o‘rganildi.
aholining kredit olish bo‘yicha murojaatlari;
tadbirkorlik loyihalarini shakllantirish va moliyalashtirish;
o‘zini o‘zi band qilish va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3