35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Deputat xususiy stomatologiya muassasasi faoliyatini o‘rgandi

Tashrif davomida muassasada bemorlarga yaratilgan sharoitlar, zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan stomatologik xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati va xodimlari bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyat davomida uchrayotgan muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda xususiy tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga oid amaldagi qonunchilik, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasidagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

O‘rganish jarayonida bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 2