35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Yangi o‘quv yili oldidan deputatlik nazorati

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 25-Tallashqon saylov okrugi deputati, Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan deputatlik nazorati amalga oshirildi.

📍 Deputat “Boyqishloq” mahallasi hududida joylashgan 43-son umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🔹 Deputatlik nazorati davomida ta’lim muassasasidagi o‘quv xonalarining holati, sinfxonalarning yangi o‘quv yiliga tayyorligi, obodonlashtirish va ta’mirlash ishlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

📝 O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan maktab rahbariyati bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Yosh avlodning zamonaviy, xavfsiz va qulay sharoitlarda ta’lim olishini ta’minlash, ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga puxta tayyorligini nazorat qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 5