🔹Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti kiritilgan.
🔹Ushbu hisobot oldidan hududlardagi haqiqiy ahvolni oʻrganish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔹Jumladan, 4-Eskijuma saylov okrugidan saylangan deputat
I. Urunov hamda tuman Kengashi kotibiyati mutaxassisi
G. Rajabovalar hamkorlikda ushbu okrugda joylashgan 14-sonli oilaviy poliklinika faoliyatini joyiga chiqqan holda oʻrgandilar.
🔹Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor;
Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifat va samaradorligi;
Bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar;
Dori-darmon ta'minoti va tibbiyot xodimlarining mas'uliyatiga qaratildi.
🔹Oʻrganish yakunlari bo'yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.