35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#biriktirilgan_tashkilot

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Suyarov Farhod tomonidan Toyloq tuman elektr ta’minoti korxonasining faoliyati o‘rganildi.

🔸O‘rganish davomida yil yakuniga qadar aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz va barqaror ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mahallalardagi elektr ta’minoti holatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

🔹Shuningdek, deputatlar tashabbusi bilan hududlardagi ehtiyojlardan kelib chiqib, elektr ustunlari, kabellar va transformatorlarni o‘rnatish hamda montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2