35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

“Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abrorxo‘ja Saidaliyev yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot o‘tkazdi.

🔠Uchrashuv davomida yigit-qizlarning taklif va tashabbuslari, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar hamda hududlarda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

🟢Muloqot davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar atroflicha muhokama qilinib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

🔘Shuningdek, sport, ta’lim, bandlik va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga oid takliflar nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish choralari belgilandi.

🔠Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4