35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📌 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida Tuproqqal’a tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.A. Duschanovning 2026-yil 1-yarim yillik hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilishicha, joriy yilning 6 oyi davomida:
🔹 5 888 nafar fuqaro skriningdan o‘tkazildi;
🔹 7 923 nafar aholi profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi;
🔹 Ayollar va bolalar o‘rtasida skrining hamda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi;
🔹 Profilaktik emlashlar rejasi 99–99,8 foizga bajarildi;
🔹 4 683 nafar surunkali kasalligi mavjud bemor sog‘lomlashtirildi;
🔹 110 nafar fuqaro ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga yo‘naltirildi.

Sessiyada hisobot muhokama qilinib, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 1